TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.25K subscribers
Post #10935 1.67K
Hurmatli iste’molchilar!

Toshkent shahar Yunusobod tumani “Posira” MFY hududida joylashgan yer osti yuqori bosimli D-325 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 12-oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu ishlarni bajarish davomida, 2026-yil 12-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilari:

• “Obod” MFY hududidagi 150 ta xonadon;
• “Posira” MFY Mikro rayon ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardagi 515 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar:

• AGNKS “EDEM”;
• “Bolalar uyi”;
• AGNKS “Dream Gaz”;
• AGNKS “TRIUMPH ORIENTIR”;
• “Posira” va “Obod” MFYlari hududidagi 35 ta ulgurji iste’molchi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. Gaz ta’minoti ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
More from @htoshgaz
  1. Oct 10, 2026Samarqand shahrida 1,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi “…
  2. Oct 10, 2026YANGI NAMANGAN TUMANIDA GAZ TA’MINOTI TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA O‘zbekiston Respublikas…
  3. Oct 10, 2026😊😊😊😊😊 🤖 Sun’iy intellekt asosidagi chat-bot test rejimida ishga tushirildi! 💬 Gaz t…
  4. Oct 10, 2026🔴 #Qisqacha: FARG‘ONA TUMANIDA GAZ VA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI OSHIRISH CHORALARI…
  5. Oct 9, 2026😊😊😊😊😊 ⚡️Ezgu g‘oyalar va tashabbuslar — ma’rifiy muloqot markazida Bugun “Hududgazta’…
  6. Oct 9, 2026Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Gulsanam” MFY hududidagi y…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →