Samarqand shahrida 1,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Samarqand shahrida fuqaro O. K. ga tegishli oshxonaning gaz xo‘jaligi xatlovdan o‘tkazildi. O‘rganish davomida oshxonada o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasi (EGHU) plombasi buzilgani hamda hisoblagich quvvati mavjud gaz jihozlariga mos kelmasligi aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 1 milliard 516 million soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz.
Post #10934
364