YANGI NAMANGAN TUMANIDA GAZ TA’MINOTI TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruvi raisi ishtirokidagi ishchi guruh Yangi Namangan tumanidagi “Guliston” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilgan innovatsion loyiha — mahalla iste’mol-nazorat hisob balansi faoliyati bilan tanishdi.
Loyiha doirasida mahalladagi qo‘shqator gaz tarmoqlari yagona tizimga birlashtirilib, hudud infratuzilmasi tartibga keltirildi. Gaz quvurlari zamonaviy talablar asosida bo‘yalib, ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimi joriy etildi.
Shuningdek, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 4,5 kilometr gaz tarmog‘i yangilandi. “Hududgazta’minot” AJ tomonidan mahalladagi 622 ta xonadonning har biriga zamonaviy gaz hisoblagichlar o‘rnatilib, ular maxsus himoya qutilari bilan jihozlandi.
Mazkur ishlar hududda gaz ta’minoti barqarorligini oshirish, iste’molni aniq hisobga olish va tabiiy gazdan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Post #10933
321