Hurmatli iste’molchilar!
2026-yil 9-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Toshkent shahar Bektemir va Yashnobod tumanlarida quyidagi ishlarni amalga oshirish munosabati bilan ayrim tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Bektemir tumani:
“Oltintopgan” MFY Zargar ko‘chasida joylashgan D-57/76 mm o‘lchamdagi 14-11/77-sonli gaz taqsimlash punkti hamda o‘rta bosimli gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Bektemirtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Aholi iste’molchilari:
• “Oltintopgan” MFY Zargar, Oltintopgan, Sadovaya, Tinistaya, Ozyornaya, Vishnyovaya va Solnechnaya ko‘chalaridagi xonadonlar — 340 ta.
Ulgurji iste’molchilar:
• Ulgurji iste’molchilar — 8 ta.
Yashnobod tumani:
Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimligi topshirig‘iga asosan, Yashnobod tumani 7-sonli qozonxonaga yo‘nalgan o‘rta bosimli D-400 mm gaz quvurini demontaj qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Aholi iste’molchilari:
• “Birlashgan” MFYdagi yerli xonadonlar — 320 ta;
• “Birlashgan” MFYdagi ko‘p qavatli uylar — 4 ta;
• Aviasozlar 1-, 2-, 4-dahalaridagi ko‘p qavatli uylar — 120 ta;
• “Umid” MFYdagi yerli xonadonlar — 460 ta;
• “Mahmur” MFYdagi ko‘p qavatli uylar — 30 ta.
Ulgurji iste’molchilar:
• Ulgurji iste’molchilar — 42 ta.
Ta’mirlash va ko‘chirish ishlari yakunlangach, iste’molchilar ogohlantirilib, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Post #10904
1.96K