Farg'ona viloyatida 271 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari, O‘zenergoinspeksiya hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida davomida fuqaro X.E.ning xonadoni ko‘zdan kechirilib, uy tom qismidan o‘tuvchi tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, tabiiy gazdan belgilangan tartibga zid ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 271 million soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Post #10914
272