TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.26K subscribers
Post #10907 290

Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili hamda “Hududgazta’minot” AJ rahbariyati ishtirokida Andijon viloyatida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi va iste’molchilarni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimiz topshiriqlari ijrosini ta’minlash, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini isloh qilish va bunda bozor mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, kuz-qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash, gaz va elektr energiyasini hisobga olish uskunalarida mavjud muammolarni bartaraf etish, iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni yaxshilash, debitor qarzdorlikni kamaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda hududlarda mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, ularni tezkor bartaraf etish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakunlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-326-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Asaka” gaz to‘ldirish shoxobchasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda bajarilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli vazifalar belgilab berildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Oct 9, 2026😊😊😊😊😊 ⚡️Ezgu g‘oyalar va tashabbuslar — ma’rifiy muloqot markazida Bugun “Hududgazta’…
  2. Oct 9, 2026Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Gulsanam” MFY hududidagi y…
  3. Oct 9, 2026Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfo…
  4. Oct 9, 2026Farg'ona viloyatida 271 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi “…
  5. Oct 9, 2026#39_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim…
  6. Oct 9, 2026Sergeli tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Ushbu mavzu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →