Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahar Yunusobod tumani “Posira” MFYda joylashgan yer osti yuqori bosimli D-325 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 8-oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Yunusobod tumani “Minor” MFYda joylashgan yer osti o‘rta bosimli D-108 mm va past bosimli D-219 mm gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari ham 2026-yil 8-oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni bajarish jarayonida 2026-yil 8-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Aholi iste’molchilari:
“Posira” MFY:
• “Obod” MFYda joylashgan yerli xonadonlar — 150 ta;
• “Posira” MFY Mikro rayon ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar — 515 ta xonadon.
“Minor” MFY:
• “Minor” MFY Markaz-6 dahasidagi Qozog‘iston turar joy majmuasi ko‘p qavatli uylari — 520 ta xonadon;
• “Mirzo Ulug‘bek” MFY KXAY ko‘chasidagi 63-uy — 30 ta xonadon;
• “Matonat” MFY Markaz-6 daha (Murad Building) ko‘p qavatli uyi — 140 ta xonadon;
• “Buyuk Turon” MFY Muhtasham turar joy majmuasi ko‘p qavatli uylari — 520 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar:
“Posira” MFY hududida:
• “AGNKS” EDEM;
• “Bolalar uyi”;
• “AGNKS Dream Gaz”;
• “AGNKS TRIUMPH ORIENTIR”;
• “Posira” va “Obod” MFYlar hududidagi 35 ta ulgurji iste’molchi.
“Minor” MFY hududida:
• “Uzbat”;
• “O‘z Oman biznes markazi”;
• “Saxara biznes markazi”;
• “Jurnalistika universiteti”;
• “Paul restorani”;
• “Minor” MFY hududidagi 18 ta ulgurji iste’molchi.
Gaz ta’minoti ishlar yakunlangach, xavfsizlik talablari asosida iste’molchilarga bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Post #10885
2.53K