Bektemir tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
«Bektemirtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limida kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash hamda gazdan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda «Hududgazta’minot» AJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Bektemir tumanidagi 18 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli 20 458 ta xonadon hamda 646 ta yuridik shaxsning gaz xo‘jaligini to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasi belgilandi. Jarayon davomida gaz uskunalari, ichki gaz quvurlari, ulanish joylari, hisoblagichlar, tutun yo‘llari va ventilyatsiya kanallarining texnik holati o‘rganiladi. Shuningdek, noqonuniy ulanishlar, nostandart gaz uskunalaridan foydalanish va boshqa qoidabuzarliklarni aniqlash hamda bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratiladi.
Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida Bektemir tumani aholisi va iste’molchilarini tabiiy gaz bilan barqaror, uzluksiz va xavfsiz ta’minlash hamda gazdan foydalanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish.
✊Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌍 Web-site 🕊Telegram 📺YouTube
📱Instagram 📱Facebook 🕊 X
Post #10860
159
Forwarded from Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati


