TGViewer
Channel Public Channel
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

@bektemirhokimligi

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
Subscribers
17.9K
Photos
54.2K
Videos
4.5K
Links
15.2K
Recent Posts 8 shown
Post #63798 417

Forwarded from Rasmiy axborot

🔴Gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt/soatgacha oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

✅ Taqdimotda elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarda amaldagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.


❗️Xususan, isitish mavsumida gazlashmagan hamda gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yorni 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oshirish taklifi ma’qullandi. Shuningdek, dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

⚡️ Bundan tashqari, Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash qamrovini kengaytirish, elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

👍 Natijada qo‘llab-quvvatlash yana 166 ming oilaga kengayishi, ushbu yordamdan bir yil davomida 470 ming oila foydalanishi nazarda tutilmoqda.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Post #63797 1.09K
“Food City” bozorida aholi uchun qulay narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari taklif etilmoqda


😆 Bektemir tumanida joylashgan “Food City” dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qulay va hamyonbop narxlarda yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟧 Bu boradagi ishlar muntazam davom ettirilib, bozorda mahsulotlar ta’minoti, assortimenti hamda narxlarning barqarorligi doimiy nazorat qilib kelinmoqda. Aholining sifatli va zarur oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

🥩 Bugungi kunda bozorda mahalliy mahsulotlar bilan bir qatorda Belarus va Hindston davlatlaridan import qilingan turli xil go‘sht mahsulotlari ham xaridorlarga taklif etilmoqda. Mahsulotlarning xilma-xilligi aholiga o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, maqbul narxlarda xarid qilish imkonini bermoqda.

🍊Aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash hamda mahsulotlar uzluksizligini ta’minlash borasidagi ishlar kelgusida ham davom ettiriladi.

✊Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

🌍 Web-site 🕊Telegram 📺YouTube
📱Instagram 📱Facebook 🕊 X
  • 👍 1
  • 🤝 1
Post #63786 667

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Davlatimiz rahbariga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) Цюй Дунъюя. Главе нашего государства вручена высшая награда ФАО – медаль «Agricola».

#Mirziyoyev #qabul #FAO #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 1
Post #63785 650
Zilola mahallasida yangi asfalt yotqizish ishlari boshlandi

🛣️Bugun Bektemir tumanidagi Zilola mahallasida yo‘llarni yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda

✊Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

🌍 Web-site 🕊Telegram 📺YouTube
📱Instagram 📱Facebook 🕊 X
  • 👍 3
Post #63781 1.27K
Bektemir tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

«Bektemirtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limida kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash hamda gazdan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda «Hududgazta’minot» AJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Bektemir tumanidagi 18 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli 20 458 ta xonadon hamda 646 ta yuridik shaxsning gaz xo‘jaligini to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasi belgilandi. Jarayon davomida gaz uskunalari, ichki gaz quvurlari, ulanish joylari, hisoblagichlar, tutun yo‘llari va ventilyatsiya kanallarining texnik holati o‘rganiladi. Shuningdek, noqonuniy ulanishlar, nostandart gaz uskunalaridan foydalanish va boshqa qoidabuzarliklarni aniqlash hamda bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratiladi.

Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida Bektemir tumani aholisi va iste’molchilarini tabiiy gaz bilan barqaror, uzluksiz va xavfsiz ta’minlash hamda gazdan foydalanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish.

✊Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

🌍 Web-site 🕊Telegram 📺YouTube
📱Instagram 📱Facebook 🕊 X
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #63780 850

Forwarded from Rasmiy axborot

🔥 Suyultirilgan gaz ta’minotida yangi tizim: 3,7 milliondan ortiq xonadon qamrab olingan

🔷Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida aholiga 398 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bugungi kunda 3 million 730 mingdan ortiq xonadon hamda 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.

🔷2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida iste’molchilarga jami 325,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

🔷Shu bilan birga, murojaatlar soni ham 40,6 foizga kamaygan: avgust–sentabr oylarida 3 974 ta murojaat qayd etilib, ularning 98 foizi ijobiy hal qilingan. 2026-yil 1-noyabrdan esa suyultirilgan gazni birjaning alohida savdo maydonchasi orqali xarid qilish va yetkazib berishning yangi tizimi joriy etiladi.
〰️〰️〰️〰️〰️

✅ Bu haqda OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda “Hududgazta’minot” AJ Suyultirilgan gaz ta’minoti departamenti boshlig‘i Akmal Jo‘rayev ma’lum qildi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 1
Post #63776 787

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о крупных проектах, реализуемых в нефтегазовой отрасли.

#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #neftgaz

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @bektemirhokimligi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati have?
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati (@bektemirhokimligi) has 17.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →