Hurmatli iste’molchilar!
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Toshkent shahri Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan DU-400 mm gaz zulfinini DU-500 mm gaz zulfiniga almashtirish rejalashtirilgan. Ishlar “Hududgaz Poytaxt” GTFning Yer osti gaz quvurlari xizmati tomonidan 2026-yil 7-oktabr kuni amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 2026-yil 7-oktabr kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Uchtepa tumani: “Sakkokiy”, “Xurshid”, “Zulfizar”, “O‘tkir”, “Ko‘rkamobod”, “O‘rikzor”, “Ko‘ksaroy”, “Shaftolizor”, “Istirohat”, “Bekobod”, “Uchtepa”, “Foziltepa”, “Zarafshon”, “Qoziguzar”, “Diyorobod”, “Katta Qa’ni”, “Alsog‘uniy” va “Yangiyo‘l” ko‘chalarida:
yakka tartibdagi xonadonlar — 5 400 ta;
ko‘p qavatli uylar — 42 ta, ulardagi xonadonlar — 3 200 ta;
ulgurji iste’molchilar — 100 ta.
Shayxontohur tumani:
ulgurji iste’molchilar — 13 ta.
Chilonzor tumani: “Beshqo‘rg‘on”, “Bekto‘pi”, “Bahoriston”, “Guliston” va “Sharq tongi” MFY hududlarida:
yakka tartibdagi xonadonlar — 1 470 ta;
ko‘p qavatli uylar — 84 ta, ulardagi xonadonlar — 4 720 ta;
ulgurji iste’molchilar — 150 ta;
sanoat zonasidagi iste’molchilar — 32 ta.
Yangihayot tumani:
“Choshtepa” MFYdagi aholi iste’molchilari — 750 ta;
ulgurji iste’molchilar — 18 ta.
Sergeli tumani:
“Choshtepa” MFYdagi yakka tartibdagi xonadonlar — 620 ta;
ko‘p qavatli uylar — 2 ta, ulardagi xonadonlar — 48 ta;
ulgurji iste’molchilar — 20 ta.
Jami:
yakka tartibdagi xonadonlar — 8 240 ta;
ko‘p qavatli uylar — 128 ta, ulardagi xonadonlar — 7 968 ta;
ulgurji iste’molchilar — 333 ta.
Shuningdek, quyidagi iste’molchilarda ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
“Fatx” MChJ;
“Kinologiya”;
“Choyxona Istirohat”;
“Buyuk Boriy” AGNKS;
18-avtopark AGTKS;
“Saf tekstil” MChJ;
“Zebuniso ona” MChJ;
“Isroil ota” MChJ;
“Nazarbek” tarmog‘i;
“Nur” AGTKS;
O‘rikzor dahasidagi 2 ta ulgurji iste’molchi;
“O‘rikzor” 1-son AGTKS;
“Viola” issiqlik markazi;
Zangiotadagi ko‘p qavatli xonadonlar;
Zangiota mehmonxonasi;
“Power Avtogaz” AGTKS;
“Eshonguzar” tarmog‘i;
“Eshonguzar Siti Zangiota”;
“Royson” MChJ;
Qatortol ko‘chasidagi “GUPNPO Patron” zavodi.
Jami: 20 ta.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Post #10858
5.07K