⚡️ Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida matbuot anjumanlari va brifinglarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Maqsad – davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilikka tezkor, aniq va xolis axborot yetkazish, shuningdek, mas’ullar hamda OAV vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada kuchaytirishdan iborat.
Shu munosabat bilan, davlat organlari hamda tashkilotlar mas’ullari va mutaxassislari ishtirokida muhim mavzular va masalalar yuzasidan tushuntirish berib boruvchi media tadbirlar tizimli ravishda tashkil etiladi.
🖥 Kunlik media tadbirlar haqidagi anonslar “Rasmiy axborot” Telegram-kanalida e’lon qilib boriladi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz


