Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Asaka” MFY Asaka ko‘chasida joylashgan yer osti o‘rta bosimli D-133 mm gaz quvuri zulfinidan gaz sizib chiqishi holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali “Mirzo Ulug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 3-oktyabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlarni bajarish davomida 2026-yil 3-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Aholi iste’molchilari:
• “Asaka” MFY Asaka, M. Gandi, Salar, Salar 1, 2-tor, Mahatmagandi 1, 2-tor, Tamaraxonim, Pushkina-Pishpesskiy, Darxon va Darxon 1-tor ko‘chalaridagi yerli xonadonlar — 650 ta;
• ko‘p qavatli uylar — 22 ta, 1 056 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar:
• 16 ta.
Ishlar yakunlangach, iste’molchilar ogohlantirilib, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Post #10830
2.57K