Tabiiy gazdan oqilona foydalanish targ‘ib qilinmoqda
“Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshchiligida Chilonzor tumani “Kichik Dombrabod” MFY hududida iste’molchilar bilan ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazildi.
Tadbir davomida aholiga tabiiy gazdan oqilona va tejamkor foydalanish, zamonaviy tejamkor gaz gorelkalaridan foydalanish, gaz jihozlarini soz holatda saqlash hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, gaz hisoblagichlaridan to‘g‘ri foydalanish, ularning butligi va plombalarini saqlash, hisoblagich ishiga noqonuniy aralashmaslik bo‘yicha iste’molchilarga zarur tavsiyalar berildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Aholi o‘rtasida tabiiy gazdan oqilona, tejamkor va xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom ettiriladi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati.
Post #10633
331




