TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.19K subscribers
Post #10786 344
Mehnat muhofazasi vakillari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

“Hududgaz Poytaxt” GTF boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan mehnat muhofazasi vakillarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning mehnat muhofazasi sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishini ta’minlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari belgilangan tartibda “VALAKT” MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘tkazilib, unda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablari, ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.

Bugun o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi. Mazkur tadbir korxonada mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini yanada kuchaytirish va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
More from @htoshgaz
  1. Sep 30, 20261-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan poytaxtimizda bayram tadbiri yu…
  2. Sep 30, 2026RASMIY XABAR Hurmatli iste’molchilar! 2026-yil 30-sentabr kuni “Mirzo Ulug‘bektumangaz” ga…
  3. Sep 30, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uch…
  4. Sep 30, 2026#Murojaat_va_yechim Tabiiy gaz iste’molchilarining murojaatlari joyida o‘rganilmoqda “Hudu…
  5. Sep 30, 2026💝 “Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qitu…
  6. Sep 30, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib, ta’…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →