RASMIY XABAR
Hurmatli iste’molchilar!
2026-yil 30-sentabr kuni “Mirzo Ulug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining bildirishnomasi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati va “Mirzo Ulug‘bektumangaz” tomonidan imzolangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Alisherobod” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli D-219 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur gaz quvurining harakatdagi o‘rta bosimli D-219 mm gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali “Mirzo Ulug‘bektumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 2-oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni bajarish jarayonida 2026-yil 2-oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Aholi iste’molchilari:
• “Geofizika”, “Alisherobod”, “Jasorat”, “Iqtidor”, “Zakovat”, “Chingeldi”, “Geologlar”, “Temuriylar” va “Ijodkor” MFYlarida — 4 570 ta xonadon;
• Ko‘p qavatli uylar — 33 ta, 960 xonadon.
Ulgurji iste’molchilar:
• 46 ta.
Gaz ta’minoti amalga oshirilgan ishlar yakunlangach, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich tiklanadi.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Post #10806
615