1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!
Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari jamoalari nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim va dunyoqarashini yuksaltirish, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz tahsinga sazovordir.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda shogirdlaringizning yutuqlaridan bahramand bo‘lib yurishingizni tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali
hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari
Post #10810
253
