❗️ Hurmatli iste’molchilar!
2026-yil 23-sentabr kuni “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi, Uchtepa tumani hokimligi hamda “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan imzolangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, Toshkent shahar Uchtepa tumani “Katta Cho‘pon Ota” MFY Qurilish ko‘chasida joylashgan gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish hamda “Ko‘ksaroy” MFY Navo ko‘chasidan o‘tgan past bosimli gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlarni amalga oshirish munosabati bilan 2026-yil 23-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
🔹 Aholi iste’molchilari:
— Peshqadam ko‘chasidagi 350 ta yerli xonadon.
🔹 Ulgurji iste’molchilar:
— 22 ta.
Ta’mirlash va texnik ishlar yakunlangach, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10603
477