TGViewer
GulDU.uz | Rasmiy kanal GulDU.uz | Rasmiy kanal @gulduuz · 7.84K subscribers
Post #48810 982
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Guliston davlat universiteti Ozarbayjonning uchta nufuzli universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi

Forumning ikkinchi kuni – 17-oktabr kuni oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar hamda hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvlar doirasida Guliston davlat universiteti Ozarbayjonning yetakchi oliygohlari – Boku davlat universiteti, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti va Boku Slavyan universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Imzolangan hujjatlar talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy nashrlar va o‘quv-uslubiy tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi.

Ayniqsa, pedagog kadrlar tayyorlash, filologiya va tillarni o‘qitish sohalarida yangi imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.

@gulduuz
More from @gulduuz
  1. Oct 17, 2026Зиё улашган хонадон Гулистон туманидаги Мевазор маҳалласида Гулистон давлат университети п…
  2. Oct 17, 2026Butunjahon Oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan “Bilimlar bellashuvi” tadbiri o‘tkazildi "16-ok…
  3. Oct 17, 2026#Xushxabar ⚡️ Kurash bo'yicha U-20 yoshlar (o'g'il va qiz bolalar) o'rtasida O'zbekiston c…
  4. Oct 17, 2026#workshop Guliston davlat universitetida workshop doirasida muhim uchrashuv tashkil etildi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →