#workshop
Guliston davlat universitetida workshop doirasida muhim uchrashuv tashkil etildi
Unda Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi kafedra mudiri Uralov Azamat Begnarovich universitetga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida WorkShop dasturi doirasida Guliston davlat universitetining “O‘zbek tilshunosligi” professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda kafedra mudiri, dotsent A.Axrorov, professor I.Ermatov, dotsentlar A.Mamatqulov S.Mamaraximov, o‘qituvchilar O.Murotqulov, Sh.Ro‘ziqulov va Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv jarayonida markaz faoliyati va tizimda amalga oshiralayotgan islohotlar, bitiruvchi mutaxassislarni ishga joylashtirish jarayonlari, talab etiladigan hujjatlar, tanlov va suhbat bosqichlari masalalari muhokama qilindi.
Talabalar va o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan batafsil va amaliy javob oldilar.
@gulduuz
Post #48839
964




