Butunjahon Oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan “Bilimlar bellashuvi” tadbiri o‘tkazildi
"16-oktabr-Butunjahon oziq-ovqat kuni" munosabati bilan "Oziq-ovqat texnologiyalar" kafedrasida oziq-ovqat va biotexnologiya sohalariga bag‘ishlangan “Bilimlar bellashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi talabalarning oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalari, biotexnologik jarayonlar, mahsulot sifati hamda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Bellashuv yoshlarning ilmiy izlanishga qiziqishini oshirish, jamoada ishlash va o‘z bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Bellashuvda “Ferment”, “Vitaminlar” va “Golden Grain” jamoalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash, xomashyo hamda tayyor mahsulotlar sifatini baholash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va biotexnologiyalarning oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyatiga oid bilimlarini namoyish etishdi.
@gulduuz
Post #48846
1.14K








