Sifatli taʼlim - kelajak poydevori!
Kanalda siz
✅ Xalqaro va milliy grandlar;
✅ Yoshlar ishlari agentligi doirasidagi turli loyihalar;
✅ Nomdor stependiyalar;
✅ Volontyorlik loyihalari
haqida eng so'nggi va foydali xabarlar haqida maʼlumotga ega bo'lasiz
Post #704
171
Forwarded from Girls Education Fund
🎓 Har bir qizning kelajagi uning oilasining daromadi bilan emas, salohiyati bilan belgilanishi kerak.
Jamiyatning haqiqiy boyligi uning tabiiy resurslari yoki qurayotgan binolarida emas. Haqiqiy boylik — bilimli, salohiyatli va imkoniyatga ega insonlaridir.
Bugun dunyo bo'ylab minglab qizlar katta orzular bilan ulg'aymoqda. Ular ilmga chanqoq, ingliz tilini o'rganishni xohlaydi, dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olishni va jamiyatga foydali inson bo'lishni orzu qiladi.
Ammo ko'pincha ularning yo'lini qobiliyat emas, imkoniyat yetishmasligi to'sadi.
Biz bunga befarq qaray olmadik.
Shu sababli Girls Education Fund tashkil etildi.
Bu — moddiy imkoniyati cheklangan, ammo bilim olishga ishtiyoqi baland qizlar uchun yaratilgan bepul ta'lim loyihasi. Bizning maqsadimiz oddiy: har bir qizning kelajagini oilasining daromadi emas, uning mehnati va salohiyati belgilashi kerak.
Dastur doirasida ishtirokchilar:
- 24 oy davomida matematika va ingliz tili bo'yicha sifatli ta'lim oladi.
-Har bir o'quvchiga malakali ustozlari dars beradi.
- SAT imtihoniga xalqaro standartlar asosida tayyorlanadi.
-Xalqaro universitetlar va grant dasturlariga hujjat topshirish jarayonida yo'l-yo'riq va amaliy ko'mak oladi.
Ushbu imkoniyatlarning barchasi mutlaqo bepul taqdim etiladi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
• O'zbekistonning 8-10 sinfda o'qiyotgan qizlari.
• Ingliz tili darajasi kamida Intermediate bo'lganlar.
• Bilim olishga mas'uliyat bilan yondashadigan va o'z ustida ishlashga tayyor qizlar.
• Ustuvorlik moddiy imkoniyati cheklangan oilalar farzandlariga beriladi.
Nega bu loyiha muhim?
Biz ishonamizki, ta'lim — xarajat emas, kelajakka kiritilgan investitsiya.
Bir qizga berilgan imkoniyat faqat uning hayotini emas, oilasi va jamiyatining kelajagini ham o'zgartirishi mumkin.
Shuning uchun biz qobiliyatli qizlarning orzulari moliyaviy sabablar tufayli to'xtab qolmasligi uchun harakat qilyapmiz.
Agar siz o'zingiz shunday imkoniyatni kutayotgan bo'lsangiz yoki atrofingizda bunga munosib qizlarni tanisangiz, bu xabarni u bilan albatta ulashing.
Ba'zan bitta havola kimningdir butun hayotidagi eng muhim imkoniyatga aylanadi.
📝 Ariza topshirish: girlsedufund.org sayti yoki Google form orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/eXeqVsJybmf1GhDL6
🔗 Telegram
☎️ Telefon: +998999051002 @girlsedufund1
🌐 www.girlsedufund.org
🌐 Instagram
#GirlsEducationFund #BepulTalim #QizlarTa'limi #EducationForGirls

- 👍 1
- 🔥 1