📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-shaharcha" loyihasi uchun mentorlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. "IT-shaharcha" – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha bo‘lib, har bir markazda yiliga 400 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida tahsil oladi.
✅ Mentorlik yo‘nalishlari:
➡️Kompyuter savodxonligi;
➡️Dasturlash;
➡️Kibersport;
➡️Robototexnika;
➡️Grafik dizayn;
➡️Sun’iy intellekt;
➡️Ingliz tili;
➡️Koreys tili;
➡️Nemis tili
✅ Mentorlikka talablar:
➡️Ingliz tili - IELTS sertifikati 6,0 darajadan yuqori yoki ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha diplom (masalan, CELTA) kabi sertifikat;
➡️Koreys, yapon va nemis tillari: B2-C1 darajasi;
➡️Dasturlash - kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, C++, JavaScript, Frontend) chuqur bilish. Tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazalari, tarmoq va boshqa asosiy sohalar bo‘yicha chuqur bilim;
➡️Grafik dizayn - sohaga tegishli dasturlar bilan ishlashda mukammal ko‘nikmalar. Har xil turdagi grafikalar, jumladan UI/UX dizayni, 2D va 3D grafikalarni yaratish tajribasi;
➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi.
➡️IT sohasida ish tajribasi va tegishli sertifikat, diplomlarga ega bo‘lish.
✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡️Tahliliy ko‘nikmalar.
💰Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.
📩 Ariza qoldirish uchun: havola
⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
🚀 Telegram
