“Javohir izlovchilar” — 💥 Bolalar kontentini rivojlantirish markazining respublika miqyosidagi loyihasi. Loyiha butun Oʻzbekiston boʻylab 17 yoshgacha boʻlgan iste’dodli va iqtidorli bolalarni, ya’ni “javohirlar”ni izlab topadi va dunyoga tanitadi. Sport, san’at, ilm-fan, texnologiya — barcha sohalarda.
🤝 Bu ezgu ishda bizga respublikaning barcha hududlaridan volontyorlar kerak!
Volontyorlar nima qiladi?
🔎 Oʻz hududidagi iste’dodli bolalarni topishda yordam beradi
🎬 Ijodiy jamoa viloyatga kelganda tashkiliy ishlarda koʻmaklashadi
Agar siz:
🚩 bolalarning kelajagiga hissa qoʻshishni,
🚩 katta loyihada tajriba orttirishni,
🚩 faol va ijodkor jamoaning bir qismi boʻlishni xohlasangiz — biz sizni kutamiz!
📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun @cav_uz ga
izlovchiman deb yozing💬Telegram | 📷Instagram