TGViewer
Grants' project Grants' project @grants_project · 393 subscribers
Post #683 164

Forwarded from Edu.uz

#Eʼlon #Tanlov

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📋 Tanlov nizomi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

▪️she’r;
▪️hikoya;
▪️esse;
▪️maqola.

Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.

📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi.

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @grants_project
  1. Oct 13, 2026💎 “JAVOHIR IZLOVCHILAR” LOYIHASIGA VOLONTYORLAR KERAK! “Javohir izlovchilar” — 💥 Bolalar…
  2. Sep 22, 2026🔥 UM’s Team 5-MAVSUMGA START BERILDI! ❓ O‘zingizni rivojlantirish, kuchli jamoada ishlash…
  3. Sep 21, 2026👥 Haqiqiy biznes va muhandislik muhitini his qilishni istaysizmi ? Unda bu imkoniyat ayna…
  4. Sep 21, 2026🌸 Girls for Girls Uzbekistan — Cohort 7 Applications Are Open! Are you a young woman who…
  5. Sep 11, 2026🔥 UM’s Team 5-MAVSUMGA START BERILDI! ❓ O‘zingizni rivojlantirish, kuchli jamoada ishlash…
  6. Sep 7, 2026🌐 Looking for scholarships and study opportunities abroad? Join us September 7–11 for the…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →