TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23842 1.23K
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun O‘zbekiston va Rossiya hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasida “Ikki tomonlama hamkorlikning madaniy-gumanitar yo‘nalishi” mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Shohida Hamdamova “Texnologik modernizatsiya va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun muhandislik-texnik kadrlar tayyorlash” mavzusida ma’ruza qildi.

🖇Ma’ruzada zamonaviy ishlab chiqarish uchun raqobatbardosh muhandislik kadrlarini tayyorlash, oliy ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish hamda dual ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

✨Shuningdek, oliygohda yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim tizimi, yirik sanoat korxonalari bilan hamkorlik, korxonalar huzuridagi kafedra filiallari va talabalarning real ishlab chiqarish muhitida amaliy tajriba orttirishi haqida ma’lumot berildi.

Panel sessiyasida Rossiyaning texnik oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki diplomli dasturlar, akademik mobillik va sanoat buyurtmasi asosidagi amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
  • 👍 4
  • ❤ 2
More from @fstu_uz
  1. Oct 6, 2026#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universitetida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doi…
  2. Oct 6, 2026Farg‘onadagi OTMlarning Rossiya universitetlari bilan hamkorligi kengaymoqda O‘zbekiston R…
  3. Oct 6, 2026Farg‘ona davlat texnika universiteti va Sibir OTMlari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda O‘zb…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →