Farg‘ona davlat texnika universiteti Startap markazi tomonidan talabalar va magistrantlarning istiqbolli startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan Inkubatsiya dasturiga qabul e’lon qilinadi
🔹Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari va magistrantlari
📌Qanday loyihalar qabul qilinadi?
ishlab chiqarish va sanoat;
muhandislik va yangi texnologiyalar;
IT va raqamli texnologiyalar;
sun’iy intellekt;
energetika va “yashil” texnologiyalar;
agrotexnologiyalar;
ekologiya;
ta’lim texnologiyalari;
boshqa innovatsion va tijoratlashtirish salohiyatiga ega loyihalar
📌Inkubatsiya dasturi doirasida:
startap g‘oyani rivojlantirish;
bozor va real sektor ehtiyojlarini o‘rganish;
biznes modelni shakllantirish;
loyiha prototipini takomillashtirish;
tajribali mutaxassislar ishtirokida seminar-trening va master-klasslarda qatnashish;
startap loyihani taqdimotga tayyorlash imkoniyati yaratiladi.
✨Inkubatsiya dasturi yakunida ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra saralangan istiqbolli startap loyihalar 25 million so‘mgacha moliyalashtiriladi
🖇️Arizalar qabuli: 2026-yil 10-oktabrgacha.
Ro‘yxatdan o‘tish: Google Form orqali ariza topshirish.
Murojaat uchun: @Qudratbek_Uzb
G‘oyangizni taqdim eting va uni istiqbolli startap loyihaga aylantirish imkoniyatidan foydalaning.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt