TALABAMIZ — XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBI!
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 4-bosqich talabasi Po‘latov Odiljon Tolib o‘g‘li xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlovda munosib natijaga erishdi.
🖇 Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida o‘tkazilgan VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasining final bosqichida ishtirok etgan Odiljon Po‘latov 45 ta davlatdan 700 nafar talaba qatnashgan olimpiadada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
✨ Bu natija — talabaning chuqur bilim va salohiyati, izlanishi hamda xalqaro maydondagi munosib ishtirokining yorqin ifodasidir.
Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi Odiljon Po‘latovni ushbu yuksak yutug‘i bilan muborakbod etadi!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt



