TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.62K subscribers
Post #427 2.76K
Afsonaviy investor Charli Manger Motsart haqidagi bir hikoyani aytishni yaxshi ko‘rardi.

Bir kuni yosh yigit kompozitorga kelib, undan simfoniya yozishni o‘rgatishini so‘raydi. Ular o‘rtasida shunday suhbat bo‘libdi:

— Yoshingiz nechida? — deb so‘rabdi Motsart.

— Yigirma uchda.

— Siz simfoniya yozish uchun hali juda yoshsiz.

— Lekin siz o‘zingiz o‘n yoshligingizda simfoniyalar yozgansiz-ku!

— Ha. Lekin men hech kimdan buni qanday qilishni so‘ramaganman.

Men ham mentorlik so‘rab keladigan yoki hali faqat xayolida mavjud bo‘lgan, eng yaxshi holatda esa shunchaki qo‘lbola prezentatsiya ko‘rinishidagi “genial startap”ini baholatmoqchi bo‘lgan yigitlarga taxminan shuni aytishni xohlayman.

Bu yerda retsept bitta:

Avval borib, nimadir qil.

Gipotezangni tekshir. MVP yarat. Birinchi xatolarga yo‘l qo‘y. Birinchi “do‘ppini yerga qo‘yadigan” tajribangni orttir.

Va mana shundan keyin — qilgan mehnatingning ko‘zga ko‘rinadigan dastlabki natijalari paydo bo‘lgach — bemalol suhbatlashish mumkin.

Maxim Spiridonov sahifasidan olindi https://www.facebook.com/share/p/19Z26zuKUN/?mibextid=wwXIfr

P.S. Shu fikrga qo’shilasizmi?

@founderdotio
  • 👍 12
  • 🔥 5
More from @founderdotio
  1. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  2. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
  3. Sep 18, 2026https://digitalbusiness.kz/2026-09-18/uzbekistanets-zapustil-servis-po-avtomatizatsii-dist…
  4. Sep 16, 2026"​Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim? Oxirgi va…
  5. Sep 15, 2026Men bilan birga eksperimental kichik loyiha qilish imkoniyati. “Sales Doctor”da eksperimen…
  6. Sep 15, 2026"Yetim qolgan mijozlar" (unserved customers) AQSH bozoriga kirib, birinchi mijozlarimizni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →