💎 FARGʻONADA FAN OLIMPIADASI: SHAFFOFLIK VA XOLISLIK TA’MINLANMOQDA
📍Buvayda tumanidagi 17-maktab hududida joylashgan viloyatdagi yagona Olimpiada markazi oʻz faoliyatini boshladi.
🪙Maxsus olimpiada oʻtkazish uchun qurilgan binoda Asosiy fan olimpiadasining II tuman bosqichiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
➡️Yangi zamonaviy makonda 12 ta fan bo‘yicha 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadigan bellashuvda 3 500 nafarga yaqin yoshning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.
⬇️Olimpiada jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida markazga ovoz yozish imkoniyatiga ega 4 ta kamera va 360 darajali kuzatuv kamerasi ham o‘rnatilgan.
🔹Shuningdek, jarayonni jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratiladi.
🌐Asosiy maqsad — bilimlarni xolis baholash, shaffoflikni ta’minlash va iqtidorli o‘quvchilar uchun teng imkoniyat yaratish.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36561
968






- 👍 6
- ❤ 1