TGViewer
FVMMTB - Rasmiy kanali FVMMTB - Rasmiy kanali @farvmmtb · 43.9K subscribers
Post #36567 1.19K
💎KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: YO‘L XARITASI IJROSI O‘RGANILDI

📊Bugun Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi.

♻️O‘rganish jarayonida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.

🟢Jumladan, ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonuniylikka rioya etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✔️Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha mas’ul xodimlarning vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Mazkur o‘rganish ta’lim tizimida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
  • 👏 2
  • 👍 1
More from @farvmmtb
  1. Oct 14, 2026🎮 Bir kun siz yaratgan o‘yinni minglab odamlar o‘ynashi mumkin. Hammasi esa ilk qadamdan…
  2. Oct 14, 2026📚Kitob... 🔰Agar nodir fikrli insonga duch kelsak, undan qanday kitoblarni o‘qishini so‘r…
  3. Oct 14, 2026#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📢 "Kelajak" markazlari tavsiya qiladi! Respublika "K…
  4. Oct 14, 2026💎Uchko‘prikda “Sen iste’dodlisan!” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi 📍Uchko‘prik tum…
  5. Oct 14, 2026RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qondagi 14-maktabda qorovul pulini kim to‘lashi…
  6. Oct 14, 2026💎ISTE’DODDA CHEGARA YO‘Q: YOSH IQTIDORLAR VILOYAT BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLDI! 📊O‘zbekisto…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →