💎ISTE’DODDA CHEGARA YO‘Q: YOSH IQTIDORLAR VILOYAT BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLDI!
📊O‘zbekiston tumanidagi “Kelajak markazi”da uy ta’limidagi hamda inklyuziv sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Sen iste’dodlisan!” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
💥Tasviriy san’at yo‘nalishida 17-maktab o‘quvchisi Odiljon Xoldorov, estrada-vokal yo‘nalishida esa 6-maktabning uy ta’limida tahsil olayotgan 9-sinf o‘quvchisi Omonullo Jamolxonov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36570
1.01K




- ❤ 2
- 👍 2