#KasbiyRivojlanishKuni #RusTili
#MetodikYordam
💎FARG‘ONADA RUS TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN KASBIY RIVOJLANISH MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI
🪙O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi 319-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatidagi 34 ta tayanch maktabda rus tili fani o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” mashg‘ulotlari tashkil etildi.
📍Mashg‘ulotlarda 38 nafar mentor-o‘qituvchi 963 nafar yetakchi o‘qituvchiga uch soatlik o‘quv mashg‘ulotlari orqali metodik va o‘quv materiallarini yetkazdi.
➡️Keyingi bosqichda yetakchi o‘qituvchilar o‘zlashtirgan bilim va metodik materiallarini viloyatdagi 963 ta umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan 2 752 nafar rus tili fani o‘qituvchisiga “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlari orqali yetkazadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36552
1.24K









- 👍 2
- 👌 1
- 😍 1