RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oltiariq tumanidagi 7-maktabda janjal bo‘lgani aytilmoqda...” mazmunidagi video tarqaldi.
Unda maktab direktori va xodim o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani, oqibatda xodimning qon bosimi ko‘tarilib, shifoxonaga yotqizilgani haqida iddao qilingan.
Mazkur holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, voqea maktab pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish yakunida yuzaga kelgan.
Yig‘ilish so‘ngida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi hamkasblaridan birining shaxsiyatiga tegadigan fikrlarni bildirgan.
Shundan so‘ng maktab rahbariyati tomonidan pedagoglarga o‘zaro hurmatni saqlash, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda kasbiy faoliyat davomida pedagogik etika me’yorlariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berilgan.
Biroq yig‘ilish yakunlanganidan keyin ham tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik davom etib, janjal kelib chiqqan.
Hozirda holat Oltiariq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda.
Voqeaning barcha tafsilotlariga vakolatli organlar tomonidan qonuniy tartibda baho beriladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36551
1.02K
