RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dars muqaddas edimi yoki teatr biznesi?” sarlavhasi ostida tanqidiy xabar tarqaldi.
Unda Qo‘qon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan shahardagi umumta’lim maktablari o‘quvchilarini Musiqali drama teatriga olib borish bo‘yicha maxsus reja-grafik tasdiqlangani, har bir o‘quvchidan 30 000 so‘mdan pul yig‘ilayotgani hamda tomoshalar dars vaqti hisobidan tashkil etilayotgani haqida so‘z yuritilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘quvchilarni dars vaqtida teatrga jalb qilish holati o‘rganildi va to‘xtatildi.
Holat yuzasidan boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha xatolikka yo‘l qo‘ygan hamda vaziyatga befarq munosabatda bo‘lgan mas’ul va mutasaddilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36488
1.84K
