TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.81K subscribers
Post #451 2.98K
Toza kontekst oyna va 40k token ishlatilgan

Claude Code’da yangi sessiya ochdim. Hech narsa yozmasimdan 40k token bilan to‘lib qoldi. "Nimaga buncha token ishlatyapti?" deb ozroq tahlil qildim va sizga ham foydali bo‘lishi mumkin deb bo‘lishyapman.

Claude Code’da savol berdim – "Jo‘rajon, yangi sessiya ochdim, lekin 35–40k token bilan to‘ldirib qo‘yding. Sababi nimada? Hammasini aniqlab, menga tahlil jadvalini ber." (Natija kommentda) 

Menda Figma, Jira, Krisp, Mixpanel va Supabase MCP’lar ulangan edi. Shularning o‘zi taxminan 10k token atrofida ishlatar ekan. Hozircha o‘chirib qo‘ydim, hamma loyihada kerak emas.

Keyingi ish, “loyiha qanday ishlaydi” degan dokumentni optimizatsiya qildim. Oldin hamma narsa ichida edi, misol uchun serverga ulanish, loglarni ko‘rish, fayllar va ma’lumotlar bazasi strukturasi. Ularni kichik fayllarga bo‘ldim va aytdim, agar kerak bo‘lsa, shu faylda ko‘rib olasan deb. Endi konteksda ko‘p ma’lumot ushlamaydi.

Natija yaxshi, 27ming‘ga tushurdim. 

Bilmayman, bunga e’tibor qilish kerakmi yoki yo‘q lekin $20 tarifda o‘tirganim uchun tokenlarga e’tiborliman. Yana sababi, biron vazifani qilish uchun bir nechta agentlarni ishga tushiraman. 

———

@farkhod_com
  • ❤ 19
  • 👍 8
  • 😁 1
More from @farkhod_com
  1. Sep 24, 2026Motivatsiya va "Self-Determination" teoriyasida xaqida Hozir Moneff’da CRS 2.0 degan masal…
  2. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  3. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  4. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  5. Sep 7, 2026photo post
  6. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →