TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.81K subscribers
Post #443 3.05K
Day #3 va #4

Yo‘q bo‘lib ketdi meni, dedingizlarmi? Ish juda qizg‘in ketdi, xabar yozishga ham vaqt bo‘lmadi.

Loyiha holati:

– Domen sotib olindi kleepio.com. Hozircha u yerda hech narsa yo‘q, sababi pastroqda;
– MVP qurildi. Local’da ishlayapti, lekin serverga yuklaganimda sekin ishlayapti;
– Contabo serverlaridan qoniqmayapman. Hetzner juda qulay, lekin afsus, hozir arzon serverlari yo‘q;
– MVP bo‘lishiga qaramay, o‘zimga ishni qiyin qilib stage va prod degan tushunchalarni ham qildim;
– Kecha to‘liq kunim DevOps bilan o‘tdi;
– Docker kontayner boshqarish uchun Coolify ishlatdim, xayolimda server ancha kuchini olyapdi. @plovsplitbot uchun Dokku ishlatgan edim, u CLI va yengil
– Bugun ish kuni. Ishdan qaytib debug qilib, nega sekin ishlayotganini aniqlashga harakat qilaman;
– 2 ta montajer bilan gaplashdim. Bir kishi o‘zi ham shunga o‘xshash loyiha qurgan ekan, lekin u xohlagandek ishlamayapti. Ko‘ramiz, bozorni topa olamanmi.

Xarajatlar:

– Domen – 11 USD;
– Server (Contabo) – 13 USD. Sababi, bir oyga olsam ham bir martalik to‘lov bor ekan. Keyingi oy 5 USD bo‘ladi;
– Claude Pro – 22 USD. Shuncha ish qildim, faqat bir marta 5 soatlik limitga duch keldim. Menimcha, Ilon Maskning serverlari ishga tushgani uchun Claude limitlarni oshirgan, bu vaqtincha.

4 kun juda ham qiziq o‘tdi. AI bilan kod yozish umuman boshqa darajaga chiqibdi.

Keyingi postlarimda Ilhom o‘rtog‘imdan va Aziz aka Mirzayevdan olgan tajribam haqida yozaman.

Bugun ish kuni, endi ishga qaytamiz.

-------

@farkhod_com
  • 👍 29
  • ❤ 7
More from @farkhod_com
  1. Sep 24, 2026Motivatsiya va "Self-Determination" teoriyasida xaqida Hozir Moneff’da CRS 2.0 degan masal…
  2. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  3. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  4. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  5. Sep 7, 2026photo post
  6. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →