SaaS’ni qanday bozorga olib chiqamiz?
O‘zingizning tajribangiz bilan bo‘lisha olasizmi?
Misol uchun, kecha Jamshid Tashpulatov qanday qilib iOS ilova qilib, undan pul ishlatayotgani haqida yozdi. Jamshidni kanali https://t.me/jamik_notes
Yana bir yigitni kuzataman – Dovud. U ham iOS ilovalar yaratib sotadi https://t.me/dovud_husan
Mahalliy bozorda nimalar qilsak bo‘ladi? Shunchaki Meta orqali reklama qilib, natijani kuzatib turish kerakmi?
Menda hozir g‘oya bunaqa:
MVP qilib ishga tushiraman, barcha ijtimoiy tarmoqlarda u haqida yozaman. SaaS’dan birinchi kunidanoq pul ishlashga harakat qilaman. Agar odamlar pul to‘lasa, demak muammo bor. Aks holda, bepul versiya bilan uzoqqa bormayman.
Ko‘ramiz, qancha foydalanuvchi yig‘aman. Barcha analitikani yoqaman, foydalanuvchi konversiya funnelini (qadam/voronka) Mixpanel’da yig‘ish reja. Albatta, foydalanuvchilar bilan gaplashishim kerak bo‘ladi, bu ham kuch oladi.
Keyingi qadamim Meta reklama yoqish bo'ladi.
Agar shu yergacha ozroq bo‘lsa ham pul ishlasam, hammasini reklamaga sarflayman. Reklama yoqmasdan loyihani auditoriyaga tez yetkazish imkonsiz deb o‘ylayman. Aks xolda o‘tiraman qarab, odamlarni o‘zi meni topib oladi deb. Menda maqsad juda tez g‘oyani tekshirish.
O‘zimga 4 kunda loyihani ishga tushiraman deyapman, lekin eng qiyin qismi uni auditoriyaga yetkazish.
Tajribangiz bilan bo‘lishing. Xohlasangiz, ovozli xabar qilib ham yuborishingiz mumkin. Rahmat!
------
@farkhod_com
Post #442
2.94K
- 👍 14
- ❤ 2