TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.81K subscribers
Post #441 2.46K
Side project day #2

Eslatib o‘taman, 4 kun davomida bitta kichik loyihani MVP qilib ishga tushirmoqchiman. Kecha birinchi kun haqida yozdim.

O‘zi qanaqa loyiha ustida ishlayapman?

Bir necha oy oldin YouTube darslarimdan qisqa videolar tayyorlaydigan montajchi qidirdim. Yordam beradigan yigitlar topildi, lekin ular mendan videoning qaysi joylarini kesib olish kerakligini so‘rashdi. Bu esa aynan mening vaqtimni oladigan qismi edi.

Men ularni tushunaman. Ular darslarim mavzusidan uzoq bo‘lishi mumkin, auditoriyaga nima qiziq bo‘lishini esa faqat o‘zim bilaman.

Shunday qilib, yigitlar bilan hamkorligimiz boshlanmasdan to‘siqqa duch keldi. O‘ylab qoldim, qani edi videomni matnga o‘tkazib, qayerlarini kesib olish mumkinligi haqida menga sun’iy intellekt yordam bersa.

O‘tgan oy g‘oyani qo‘lda tekshirib ko‘rdim – ish berdi. Endi buni omma uchun qilmoqchiman.

Qisqacha aytganda, siz video yoki audio fayl yuklaysiz va tizim sizga qisqa video uchun qaysi qismlarini ishlatish mumkinligi haqida ro‘yxat beradi.

Kecha nimalar bo'ldi

Kecha ishlaydigan prototipni qildim. Hozircha lokalda ishlayapti.

Superpowers juda zo‘r narsa ekan. Bilmadim, birga ishladik, menga yoqdi. Xayolimda tokenlarni ham tejayotgandek bo‘ldi.

Bugun do‘stim Ilhom bilan ko‘rishaman. U dasturchi. Men Claude’dan har kuni mahsulot menejerligi uchun foydalansam, o‘rtog‘im Ilhom uni kod yozish uchun ishlatadi. Claude Code’ni real dasturlash ishlaridagi tajribasi bilan bo‘lishadi. U haqida ham yozaman.

Yana bir narsaga amin bo‘ldim, AI’ga xuddi oldingizda o‘tirgan odamdek tushuntirish kerak. To‘g‘ri tushuntirsangiz, natija ham to‘g‘ri bo‘ladi.

Instrumentlarim:

– Mac’da Terminal o‘rniga iTerm ishlataman. Tablar bilan ishlash oson.
– Claude Code $20
– Cursor (faqat IDE uchun, shunchaki boshqasini o'rnatishga erinyapman)
– ChatGPT ikkinchi kalla uchun.

Stay tuned...

——

@farkhod_com
Telegram Farkhod - AI PM Side Project Day #1 Assalomu alaykum! 5 kun dam olish kunini kichik loyiha qilish bilan o‘tkazmoqchiman. Keyingi 4 kun davomi kanalimda xabar ko‘proq bo‘ladi, tinchligingizni buzsam uzr so‘rayman :) Loyiha nima haqida sal keyinroq aytaman. Hozir Claude…
  • 👍 25
  • ❤ 8
More from @farkhod_com
  1. Sep 24, 2026Motivatsiya va "Self-Determination" teoriyasida xaqida Hozir Moneff’da CRS 2.0 degan masal…
  2. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  3. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  4. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  5. Sep 7, 2026photo post
  6. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →