TGViewer
Farkhod - AI PM Farkhod - AI PM @farkhod_com · 2.81K subscribers
Post #432 3.14K
Kompaniyamizda qisqarishlar bo‘ldi. Mahsulot boshqaruvi (Product Management) jamoasi ham qisqartirildi.

Men buni normal qabul qilaman, sababi kompaniya o‘zi bilib-bilmay ko‘p odam yig‘ib qo‘yadi. Qisqartirishlar – bu albatta xarajatlarni kamaytirish va jamoani kalibrovka qilish. Odam ko‘pligidan uchrashuvlar ko‘p, hamma xuddi qizg‘in ish ketayotgandek tutadi, lekin natija yo‘q, ortda esa 100 ta uchrashuv bo‘lgan.

Mana bu Comedy Club hangomasi hayotdan olingan https://youtu.be/EhtsPAdYOds?si=1GYKg7JihZVoPT1d

Kalibrovka deganda qoldirilgan xodimlarni komfort zonadan chiqarish, yangi mas’uliyat berib (challenge), ularni rivojlanish cho‘qqisiga yo‘naltirish tushunaman.

Kompaniyamizning Product jamoasida bitta o‘zim qoldim. Chief Product Officer ham, Head of Product ham, Product Owner ham o‘zimman. Oxirgi 2 oy shu holatda ishlayapman. Yoqyapti, yangi bilim va tajriba olyapman. O‘zimga 100% ishonaman – hammasini eplayman deb. Jamoamga rahmat qo‘llab-quvvatlayotgani uchun.

Bilasizmi, hozir bitta mas’uliyatlarimdan biri – CEO‘ning yangi g‘oyalarini chiroyli yo‘l bilan rad etish. Aks holda jamoa holdan to‘yadi. Hammaga dofamin sifatida ishga tushgan, o‘z ishini ommada ko‘rish hissini berish kerak. Yoki ularda savol paydo bo‘ladi, nimaga ishlayapman o‘zi deb. Pul xar doim ham motivatsiya bo‘lmasligi mumkin.

Ish juda ko‘p. Ko‘ramiz, nimalar bo‘ladi.

Kuningiz xayrli bo‘lsin.

P.S. Yaqin orada Product Manager (junior) uchun ish o‘rni ochilsa kerak. Aks holda o‘zim holdan chiqaman 😄

-------

@farkhod_com
YouTube Камеди Клаб «Табличка» Харламов, Батрутдинов, Кравец, Иванов, Аверин, Скороход, Смирнов Легендарити. Многие видели, но пусть и на нашем канале будет. Эфир от 29.11.2019 Подписывайся на телеграм камеди - https://t.me/comedyclubru Подписывайся на группу Камеди Вконтакте - https://vk.com/comedyclubru Смотри ComedyClub по пятницам в 21:00 на ТНТ.…
  • ❤ 21
  • 😁 10
  • 👍 8
More from @farkhod_com
  1. Sep 24, 2026Motivatsiya va "Self-Determination" teoriyasida xaqida Hozir Moneff’da CRS 2.0 degan masal…
  2. Sep 22, 2026Anthropic Claude Opus 5.5 modelini chiqardi – Ko'p vazifalarda eng kuchli Fable 5.1 daraja…
  3. Sep 16, 2026Qur’on dizayni Muzeylarda Qur'oni Karimni chiroyli qilib bezashgani xar safar ko‘rib tomos…
  4. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  5. Sep 7, 2026photo post
  6. Sep 4, 2026Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →