TGViewer
Far·hod·jon Far·hod·jon @farhodjon · 1.12K subscribers
Post #842 1.63K
Sizda qanaqa savol bor?

Kandidatlarni intervyu qilayotganimda yuqoridagi savolga har doim ham yaxshi javob olmayman. Ko’p kandidatlar savoli yo’qligini yoki avvalgi qadamlarda hamma savollarga javob olganini aytishadi. Lekin, bu menga intervyuga kelgan odam yaxshi tayyorlanmaganini bildiradi. Nega?

Intervyu jarayoni faqat bir tomonlama emas. Kompaniya kandidatni qanaqa tekshirsa, kandidat ham kompaniyani yaxshilab tekshirishi kerak. Kandidatning karyerasiga, o’sishiga, ishi yoki hayotiga katta ta’sir qiladigan qaror bu.

Menga savol bo’lmasligi ikkita narsani bildiradi odatda:

1. Kelayotgan odamga qayerga ishga kirishining farqi yo’q. Bunaqa odamni ishga olishga ikkilangan bo’lardim. Kandidat ham bu qanaqa kompaniya, nima bilan shug’ullanadi, madaniyati qanaqa, qanaqa imkoniyatlar beradi va hokazoga o’xshagan bir qancha foydali savollar chiqadi qiziqsa.
2. Kim bilan nimani gaplashishni bilmaydi yoki intervyuga umuman tayyorlanmagan. Bu sabab ham kandidatni ishga olish ehtimolini tushiradi. Masalan, rekrutyor, dasturchi, CTO har xil kontekstda yaxshi ma’lumot berishi mumkin. Har biri faqat bir yoki bir necha tomonni yoritadi. To’liq tushunish uchun har biriga ma’noli savollar berish kerak.

Savol bermaslik aqllilik belgisi emas. Intervyu qilayotgan odamlar chin dildan qiziqib berilgan savollarni qadrlaydi. Intervyudan oldin biroz vaqt sarflab tayyorlanish esa ko’p mehnat talab qilmaydi.
  • 👍 20
More from @farhodjon
  1. Sep 27, 2026Hozir turli uskunalar yoki dasturlar juda tez o’zgaryapti. Ishlash uslubim ham shunga yara…
  2. Sep 20, 2026Far·hod·jon pinned a photo
  3. Sep 20, 2026FarLink Ba’zi saytlarga kirganda shunchaki havolalarni ko’rish, URL bo’yicha izlash va bul…
  4. Sep 14, 2026Yaqinda yana bir shov-shuv bo’lgan, o’zim ham ishlatishni boshlagan skill: eli5 - Explain…
  5. Sep 13, 2026Modellar ba'zida juda sergap, vaysaqi bo'ladi. caveman token tejashga yordam beradi, lekin…
  6. Aug 18, 2026Bayramlar II: dam olish kunlari Bir paytlar qisqacha bayramlarni oyga yoki haftaga nisbiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →