Ba’zi saytlarga kirganda shunchaki havolalarni ko’rish, URL bo’yicha izlash va bularni faqat klaviatura orqali qilishni xohlayman.
Shu xohishlarim uchun Chrome kengaytma qildim: FarLink.
Nimalar qila oladi:
• Veb-sahifada
Control/Command+Shift+. (nuqta) orqali ochiladi va yopiladi• Sahifadagi hamma havolalarni oddiy va qulay qilib ko’rsatadi
• Havolalarni ham matni, ham URL bo’yicha tez ishlash mumkin
• Enter orqali joriy tabda,
Alt/Option+Enter orqali yangi tabda ochadi• Sahifaning har xil burchagiga joylash mumkin (
Alt/Option+Strelkalar)• 3 xil ko’rinishi bor: normal, kompakt, katta (
Alt/Option+S o’zgaradi)• 13 ta mehr bilan dizayn qilingan retro temalar bor: FarManager, Windows XP, Macintosh 1984, IBM 3270, New Vegas va hokazo
• Maxfiy: hech qanaqa ma’lumot yig’ilmaydi.
Chrome Web Store’dan o’rnatiladi:
FarLink — Every link on a page, by keyboard
Kodi ochiq:
https://github.com/fardevio/farlink
P.S.: repost va layk ayamaydigan uchun X/Twitter’ga ham post qildim.
@farhodjon #projects #farlink



