Hozir turli uskunalar yoki dasturlar juda tez o’zgaryapti. Ishlash uslubim ham shunga yarasha. Hatto yil boshidagi fikrim Claude Code yoki Codex bilangina cheklanish yetarli, deb o’ylagandim. Lekin, unaqa bo’lmadi.
Birinchi ko’chmanchilik terminaldan boshlandi. iTerm 2 terminali uzoq yillar xizmat qildi. Shu yilning o’zida uchtasi almashdi:
1. iTerm 2 → ghostty. Tezligi va moslashtirish orqali yaxshi xizmat qildi.
2. ghostty → cmux. Bu o’zgarish asosan agentlar bilan qulay ishlash uchun: cmux sessiyalarni qayta tiklaydi, interfeysi agentlarning natijalarini ko’rsatadi, vertikal tablar, o’zining brauzeri bor, va hokazo. ghostty asosida qurilgan.
3. cmux → Orca. Hozir shundaman. cmux’dan ham ko’proq agentlarga moslashgan. Fayllarni tahrirlash ham o’zida. Menga eng yoqqani worktree bilan ishlashi.
https://www.onorca.dev/
#########
Biroz OpenCode bilan ishlab ko’rganimdan keyin uning TX (terminal experience) qismi juda yoqdi. Lekin Claude Code’dan ajratolmadi.
Lekin shu oyning boshida boshqa agentni sinadim: omp (oh my pi - xuddi “oh my zsh” kabi). Fayllar bilan ishlashi, token va subagentlarni boshqarishi rosa yoqdi. Anthropic modellarini ham Claude Code kabi ishlatsa bo’ladi - API shartmas. Orca bungayam integratsiya qiladi.
Hozir shaxsiy loyihalar uchun asosan omp ishlatyapman.
https://omp.sh/
Sinab ko’rish qattiq tavsiya qilinadi!
Post #861
388