❗️Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (559-son, 10.10.2026-y.) bilan Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
🔰 Qarorga ko‘ra, davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.
👤 Ariza beruvchilar – davlat organlari va yuridik shaxslar.
🏢 Xizmat "O‘zarxiv" agentligi, O‘zbekiston milliy arxivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
💻 YIDXP orqali murojaat etilganda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi va to‘lov summasining 90 foizi to‘lanadi.
⚠️ Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
✅ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish rad etilganda ariza beruvchi xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 30 ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etgan holda to‘lov to‘lamasdan qayta ariza berishi mumkin.
📋 Ekspertiza natijasida kelishilgan hujjat loyihasiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilganda, u umumiy tartibda qaytadan ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
📄 Davlat arxivlarining arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlari loyihalari ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
💰 Xizmat ko‘rsatish muddati va to‘lov miqdori (1 ta hujjat loyihasi uchun):
➖ saqlash muddati ko‘rsatilgan sohaviy hujjatlar ro‘yxati – 30 ish kuni, BHMning 10 baravari (faqat davlat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan taqdim etiladi);
➖ ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma – 15 ish kuni, BHMning 2 baravari;
➖ hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi – 15 ish kuni, BHMning 5 baravari;
➖ idoraviy arxiv, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyasi hamda ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizomlar – 10 ish kuni, BHMning 1 baravari;
➖ hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatlari va hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma – 15 ish kuni, BHMning 2 baravari.
🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn