TGViewer
e-gov.uz e-gov.uz @egovuz · 5.41K subscribers
Post #6708 871
❗️ #KIBERHUSHYOR | Eng muhim qoida: Shoshilmaslik!

⌨️ Firibgarlarning eng asosiy quroli – sizni shoshirish va vahimaga solish. Ular o‘ylab ko‘rishga, vaziyatni tahlil qilishga fursat bermaslikka harakat qilishadi.

Agar sizga noma'lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib yoki yozib:
🗄 "Hoziroq tasdiqlang / kodni ayting!" (vaqt chegaralanganini uqtirib);
🗄 "Aks holda kartangiz, hisobingiz bloklanadi!" (qo‘rquv uyg‘otib);
🗄 "Bu haqda hech kimga, hatto yaqinlaringizga ham aytmang!" (izolyatsiya qilib);
🗄 "Pulni zudlik bilan 'xavfsiz' hisobga o‘tkazing!" (go‘yoki qutqarib qolishni taklif qilib) desa – ishonmang!

❌ Aldanib qolmaslik uchun o‘zingizga 3 ta savol bering:
⏺ Kim murojaat qilyapti? Haqiqatan ham bank yoki davlat idorasi xodimimi yo o‘zini shunday ko‘rsatayotgan firibgarmi? (Eslatma: Bank xodimi hech qachon maxfiy kodlarni yoki parolni so‘ramaydi).
⏺ Nega shoshilinch talab qo‘yilmoqda?
⏺ Nega mendan shaxsiy ma'lumot, SMS-kod yoki pul so‘ralyapti?

✨ Oltin qoida: TO‘XTA. TEKSHIR. KEYIN HARAKAT QIL.
(Shubhali qo‘ng‘iroq bo‘ldimi? Go‘shakni qo‘ying va bankning rasmiy Ishonch telefoniga o‘zingiz qayta qo‘ng‘iroq qiling).

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
  • 👍 4
More from @egovuz
  1. Oct 12, 2026🟡 Raqamli xizmatlar – tuman va qishloqlargacha kirib bormoqda! Kun sayin rivojlanib boray…
  2. Oct 8, 2026#Xorij_tajribasi Bahrayn raqamli hukumat modeli: O‘rganishga arziydimi? Bahrayn taxminan 1…
  3. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  4. Oct 7, 2026🌎 Hududlarda aholi va yoshlarning raqamli savodxonligi oshirilmoqda 🗣 “my.gov.uz - davla…
  5. Oct 7, 2026❗️ “Eng ijodiy targ‘ibotchi” tanlovi davom etmoqda! 🔔 Xabaringiz bor, ICTWEEK UZBEKISTAN…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →