TGViewer
e-gov.uz e-gov.uz @egovuz · 5.43K subscribers
Post #6696 840
🌎 Hududlarda aholi va yoshlarning raqamli savodxonligi oshirilmoqda

🗣 “my.gov.uz - davlat xizmatlari oson va qulay” loyihasi doirasida mamlakatimiz hududlarida aholining elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, yoshlarni raqamli texnologiyalarga o‘rgatish hamda ularga qulayliklar yaratishga qaratilgan amaliy seminar va treninglar davom etmoqda.

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxtako‘pir tumani: tuman hokimligida yoshlar ishtirokida seminar o‘tkazilib, Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

📍 Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri: Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilarga my.gov.uz va elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

📍 Surxondaryo viloyati: Uzun tumanidagi 23- va 11-sonli umumta’lim maktablari hamda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakultetida raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

📍 Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani: umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

📍 Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani: Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

📍 Namangan tumani: tuman hokimligida “mahalla yettiligi” mas’ullari va tashkilot xodimlariga elektron davlat xizmatlarining imkoniyatlari hamda qulayliklari haqida amaliy tushuntirishlar berildi.

🗣 Bunday uchrashuvlar fuqarolarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, davlat xizmatlaridan mustaqil va oson foydalanishi hamda vaqtini tejayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📲 Raqamli xizmatlardan foydalanish - qulay, tez va zamonaviy!

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
  • 👍 7
More from @egovuz
  1. Oct 8, 2026#Xorij_tajribasi Bahrayn raqamli hukumat modeli: O‘rganishga arziydimi? Bahrayn taxminan 1…
  2. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  3. Oct 7, 2026❗️ “Eng ijodiy targ‘ibotchi” tanlovi davom etmoqda! 🔔 Xabaringiz bor, ICTWEEK UZBEKISTAN…
  4. Oct 6, 2026☄️ Markaz jamoasi “Cyberkent” musobaqasi g‘olibi bo’ldi ⌨️ Poytaxtimizda kiberxavfsizlik s…
  5. Oct 6, 2026❗️ ICTWeek 2026: Raqamli kelajak va my.gov.uz imkoniyatlari! ✨ ICTWeek 2026 haftaligi doir…
  6. Oct 6, 2026▶️ ICTWeek 2026 Haftalikdan videoreportaj ▶️ https://youtu.be/euTKiButmzs 🌐 egov.uz |Tele…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →