🟡 Raqamli xizmatlar – tuman va qishloqlargacha kirib bormoqda!
Kun sayin rivojlanib borayotgan raqamlashtirish jarayonlari va my.gov.uz portali imkoniyatlari bu faqat poytaxt yoki shahar aholisi uchun emas. Asosiy maqsad — mamlakatimizning eng olis hududlarida yashaydiganlar ham davlat xizmatlaridan uydan chiqmay, onlayn foydalanishini ta’minlashdir.
Shu maqsadda, Mirzacho‘l tumanidagi 2-son texnikumda yoshlarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mutaxassislar o’quvchilarga my.gov.uz orqali turli ma’lumotnoma va xizmatlarni oson va tezkor olish, ovoragarchilik va navbatlarsiz vaqtni tejash usullari, kundalik hayotda va ta’limda raqamli imkoniyatlardan unumli foydalanish afzalliklarini amaliy misollar bilan tushuntirishdi.
Bunday amaliy uchrashuvlar barcha hududlarda davom etadi. Chunki raqamli savodxonlik — bugungi davr talabi bo’lib qolmoqda.
🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Post #6709
475






- 👍 4
- 🎉 2
- 🔥 1