#Qonunchilikdagi_yangiliklar
☄️ Fuqarolardan qog‘oz shaklidagi hujjatlar hamda ma’lumotlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi
🔰Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolardan qog‘oz shaklidagi hujjatlar hamda ma’lumotlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.
✔️Quyidagi xizmatlar fuqarolarning xohishiga ko‘ra, interaktiv shaklda ko‘rsatiladi:
🔵 2026-yil 1-noyabrdan mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda band bo‘lgan hamda boshqa umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda pensiya olish huquqi mavjud shaxslarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash;
🔵 2026-yil 1- dekabrdan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilish;
🔵 2027-yil 1-yanvardan pensiya to‘lovini naqd pul shakliga o‘tkazish va to‘xtatib turilgan pensiya to‘lovlarini tiklash.
✅ 2026-yil 1- oktyabrdan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida faoliyatni amalga oshiruvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq to‘laganda, ularga bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi.
✨ Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxslarga ishlamaydigan oila a’zolari ish stajiga ega bo‘lishi uchun har oyda ixtiyoriy ravishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi.
🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Post #6662
1.04K
- 👍 3
- 🐳 2
- 🔥 1