❗️ Pensiya ta’minotiga oid ko‘rsatiladigan xizmatlar interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi
📝 “Davlat pensiya ta’minotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-355-son, 28.09.2026 y.) qabul qilindi.
🗄 Qarorga ko‘ra, pensiya ta’minotiga oid fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar 2027-yil 1-yanvarga qadar to‘liq interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi.
📲 Pensiya ta’minotiga oid quyidagi xizmatlar fuqarolardan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda ko‘rsatiladi:
⏺ 2026-yil 1-noyabrdan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga umumiy belgilangan yoshdan ikki yil avval yoshga doir pensiya tayinlash;
⏺ 2027-yil 1-yanvardan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash.
🔔 2027-yil 1-yanvardan “Mening pensiyam” onlayn xizmati doirasida pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.
🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
