#qabul2026 #imkoniyat #Qoraqalpoq_yoshlari
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
1️⃣ 1-imkoniyat:
2026-yil 2–6-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan hamda kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
2️⃣ 2-imkoniyat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining taklifiga ko'ra bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan hamda oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari 2026-yilning 10-oktabriga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52428
71.5K

- ❤ 45
- 🤔 6
- 😁 5
- 😱 3