Chilonzor tumani 2-mavze, 76-uy manzilida joylashgan yirik chinor daraxti atrofidagi beton qoplamalar yuzasidan kelib tushgan murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida daraxtlarning ildiz atrofi beton qoplamalar bilan yopib qo‘yilgani aniqlandi. Holat mas’ullar ishtirokida bartaraf etilib, daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamalar olib tashlandi va ildiz atrofi ochiq holatga keltirildi.
Daraxtlarni asrash, ularning sog‘lom o‘sishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda yashil hududlarni muhofaza qilish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
__
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36974
147



- ❤ 1